Joshua Kimmich: "Manuel Neuerning jarohati jiddiy bo'lishi mumkin"
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Joshua Kimmich: "Manuel Neuerning jarohati jiddiy bo'lishi mumkin"

✨🎤 Joshua Kimmich kechagi goli qanchalik hissiyotlarga boy bo'lgani haqida:

"Juda ham, ayniqsa otam bilan bog'liq voqealarni hisobga olsak, bu juda hissiyotli edi. Men o'zi kam gol uraman. Shuning uchun gol urganimdan keyin xayolimga kelgan birinchi narsa shu bo'ldi. Bu odatdagidan ko'ra ancha hissiyotliroq edi"

✨🎤 Klubdagi hozirgi muhit haqida:

"Bu yerda 11 yil davomida turli narsalarni boshdan kechirdim. Oxirgi ikki-uch yil ichida shakllangan narsa haqiqatan ham o'zgacha. Murabbiy, murabbiylar shtabi, jamoa va klub atrofidagi barcha bilan birgalikda. Hozir klubda katta xotirjamlik hukm surmoqda.

Ilgari hammasi boshqacha edi. Hatto muvaffaqiyatli futbol o'ynaganimizda ham, baribir ko'p tashvishlar bo'lardi. Endi esa hammasi o'z o'rniga tushayotgandek tuyulmoqda. Albatta, biz maydonda muvaffaqiyatga erishishimiz kerak — bu har doim asosiy narsa. Ammo oxirgi bir necha hafta ichida ko'rdikki, hatto murabbiy mavjud bo'lmaganda va bizda ko'plab jarohatlar bo'lganda ham, biz birga qolamiz. O'ylaymanki, futbolda bu ham muhim"

✨🎤 Harry Kane shartnomasini uzaytirgani haqida:

"Albatta, xursandman. Uning shu yerda o'ynashda davom etishi Bundesliga uchun yaxshi. Lekin men ayniqsa biz uchun xursandman, nafaqat uning gollari, balki u qanday insonligi uchun ham. U kiyinish xonasida hamma narsa yaxshi ishlashining sabablaridan biri.

U "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi, lekin baribir jamoa uchun hamma narsani qilishga tayyor. U har doim har bir jamoadoshi yonida bo'ladigan inson va bu haqiqatan ham o'zgacha"

✨🎤 Kimmich Manuel Neuer jiddiy jarohat olganidan gumon qilmoqda:

"Agar u safdan chiqsa, biz uchun bu juda achinarli bo'ladi. U bir haftadan keyin mashg'ulotlarga qayta oladiganga o'xshamaydi. Manuel hech qachon og'riyotganini tan olmaydi — shuning uchun u maydonni tark etdimi, afsuski, bu katta ehtimol bilan jiddiy narsa"
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!