💭 Harri Keyn «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar haqida:
«Bir necha hafta oldin bizda suhbat bo'lib o'tdi va shu hafta yana gaplashyapmiz. Avval aytganimdek, bunday shartnomalar bir kunda imzolanmaydi. Barcha detallarni sinchkovlik bilan o'ylab chiqish va yakuniy variant barchani qoniqtirishi uchun vaqt kerak. Hammasi kelasi hafta yoki undan keyingi haftada hal bo'ladi deb o'ylamayman, lekin umid qilamanki, yaqin bir-ikki oy ichida biz ko'zlagan maqsadimizga erishamiz.
Hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Men ham, klub ham kutayotgan yagona narsa — o'yinga diqqatni jamlash, gollar urish va jamoaga yordam berish. Men mutlaqo xotirjamman. Tafsilotlarni oshkor qilishim qiyin, chunki bu maxfiy ma'lumot. Vaqti kelganda hammasini bilib olasiz va savollaringizga javob olasiz. Hozir faqat bitta narsani ayta olaman: muzokaralar ijobiy ruhda o'tmoqda. Ko'ramiz, hammasi qanday yakunlanadi»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!