Chukvumeka "Chelsi" bilan shartnomasini 2033-yilgacha uzaytiradi
Karni Chukvumeka "Chelsi" bilan 2033-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaydi va kelasi mavsumni ijara asosida o'tkazishi kutilmoqda.
Karni Chukvumeka "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Kelishuv 2033-yilga qadar mo'ljallangan.
Klubda futbolchining salohiyatiga yuqori baho berishmoqda va hujumchi bilan birgalikda yangi mavsumni ijara asosida o'tkazish eng to'g'ri qaror bo'lishi haqida kelishib olindi. Yevropa va Angliya klublari futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha aniq tafsilotlar ma'lum emas.