Fabrizio Biasin: "Inter" tarkibi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
Fabrizio Biasin "Inter"ning joriy tarkibi, yarim himoyadagi raqobat va klubning transfer siyosati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Inter"da himoyadagi 3 ta o'rin uchun kurashayotgan 6 nafar himoyachi bor va mening nazarimda, ularning har biri avvalgisidan kuchliroq. Ularda 3 ta pozitsiya uchun 7 nafar yarim himoyachi bor va men ularning barchasini juda kuchli va o'zaro almashtirsa bo'ladigan futbolchilar deb hisoblayman. Biri rejista rolida o'ynashi mumkin, boshqasi esa boks-tu-boks. Biri yosh, ikkinchisi esa tajribaga ega va mening fikrimcha, "Inter" yarim himoyasida haqiqiy iqtidorlar mo'lligi mavjud.
Ehtimol, ularga qanotlarda, aytaylik, chap qanotda nimadir yetishmayotgandir. Enrike chap qanotga o'tkazildi. Bu yagona potensial zaiflik bo'lishi mumkin.
Hujumda esa, o'ylashimcha, to'rt nafar hujumchini saqlab qolish – bu shubhasiz eng dono qaror. Mening fikrimcha, "Inter" qilishi kerak bo'lgan barcha ishni qildi. Qolaversa, ularga ortiqcha o'yinchilarni sotish kabi juda murakkab ishlarni amalga oshirish nasib etdi. Asllani ketdi, Massolen yaqin kunlarda ketadi va "Inter" shuningdek, barcha eng yaxshi yosh o'yinchilari bilan shartnomalarni uzaytirdi.
Fabrizio Biasin