Konstantinos Karetsas Dortmundning g'alabasini ta'minladi
BVB FAMILY ↗ ●●●●● Umumiy 👁 28

Konstantinos Karetsas Dortmundning g'alabasini ta'minladi

19 yoshli Dortmund «Borussiya»si yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas kechagi «Betis»ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushish imkoniyatini deyarli boy berib qo'ya yozdi. «Asalarilar» bosh murabbiyi Niko Kovach o'z futbolchisini uzoq vaqt topa olmadi, u esa shu vaqt ichida hojatxonada bo'lgan ekan…

Ammo Karetsas baribir jarohat olgan Seru Girassi o'rniga maydonga tushdi va ikkinchi bo'limda hal qiluvchi golni urib, jamoasiga 2:1 hisobidagi g'alabani keltirdi. Qolaversa, yunonistonlik futbolchi o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!