#Niko Kovach — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Konstantinos Karetsas Dortmundning g'alabasini ta'minladi

Konstantinos Karetsas Dortmundning g'alabasini ta'minladi

Dortmund «Borussiya»si yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas «Betis»ga qarshi o'yinda g'alaba golini urdi va o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

19 yoshli Dortmund «Borussiya»si yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas kechagi «Betis»ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushish imkoniyatini deyarli boy berib qo'ya yozdi. «Asalarilar» bosh murabbiyi Niko Kovach o'z futbolchisini uzoq vaqt topa olmadi, u esa shu vaqt ichida hojatxonada bo'lgan ekan…

Ammo Karetsas baribir jarohat olgan Seru Girassi o'rniga maydonga tushdi va ikkinchi bo'limda hal qiluvchi golni urib, jamoasiga 2:1 hisobidagi g'alabani keltirdi. Qolaversa, yunonistonlik futbolchi o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

O'ng ustun yangiliklari

Niko Kovach Dortmundning «Borussiya» jamoasida rekord o'rnatdi

Niko Kovach Dortmundning «Borussiya» jamoasida rekord o'rnatdi

Niko Kovach Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk 50 ta Bundesliga o'yinida rekord natija qayd etdi.

Niko Kovach Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk 50 ta Bundesliga o'yinida 107 ochko jamg'arishga erishdi. Bu klub tarixidagi yangi rekord hisoblanadi; Germaniya chempionatida hech bir boshqa murabbiy ushbu jamoa bilan dastlabki 50 ta o'yinda bunchalik ko'p ochko to'play olmagan.

Opta