Niko Kovach tarkibda o'zgarishlar bo'lishini ma'lum qildi
Niko Kovach navbatdagi o'yin oldidan tarkibda o'zgarishlar bo'lishini va darvozada Aleks Mayer maydonga tushishini tasdiqladi.
Niko Kovach:
Biz boshlang'ich tarkibda bir nechta o'zgarishlar qilamiz; ayrim futbolchilar o'ynashda davom etishadi. Bugun dam olish kunlari maydonga tushgan yigitlarning holatini ko'rib chiqamiz. Boshqalarga imkoniyat beramiz. Men har bir o'yinga jiddiy yondashaman. Shuni ayta olamanki, ertaga darvozada Aleks (Mayer) bo'ladi. Bu darvozabonlar murabbiyi bilan kelishib olgan qarorimiz.