Antonio Konte o'zining «Inter»ga kelishi va klubdan ketish sabablari haqida gapirdi:
Jang va Marotta oldimga kelib: «Biz seni bizni yana g'alabalarga qaytarishingni istaymiz. 10 yildirki Skudetto yo'q. «Yuventus» gegemonligini to'xtatish va klubni xalqaro maydonda munosib taqdim etish kerak», deyishgan.
Hammasi juda aniq edi. Biz birgalikda ma'lum bir yo'lni bosib o'tdik. Men har qanday vaziyatda qanday bo'lsam, shundayman. Agar biz birgalikda ma'lum bir yo'nalishni tanlasak, ayniqsa, sen o'zing mendan nimadir so'ragan bo'lsang, o'sha yo'nalishda harakat qilishimiz kerak.
Nega «Inter»dan ketganman? Biz endigina Skudettoni yutgandik va yig'ilishlardan birida menga istalgan futbolchi sotilishi mumkinligini aytishdi.
Dastlab kelishuvlar boshqacha edi. Gap jiddiy loyiha yaratish, «Yuventus» hukmronligiga chek qo'yish va o'z g'alabali davrimizni qurish haqida ketayotgandi.
Jangning Xitoydagi moliyaviy muammolari? Men hammasini tushunaman, lekin bunday holatda sen dastlabki shartlarni o'zgartirasan. Axir sen muxlislar va klub oldida majburiyat olib, haqiqatan ham muhim narsani amalga oshirishga va'da berganding.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!