Romelu Lukaku «Fenerbaxche»ga o'tishi va «Napoli»dagi muammolari haqida gapirdi
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 36

Romelu Lukaku «Fenerbaxche»ga o'tishi va «Napoli»dagi muammolari haqida gapirdi

Romelu Lukaku «Fenerbaxche»ga transfer qilinganidan so'ng shunday dedi:

«O'tgan yil hayotimdagi eng yomoni bo'ldi. Men «Napoli»dan ketishga qaror qildim, chunki turli gaplarni eshitdim, qarorlar menga qarshi qabul qilindi... Bo'ldi, tamom. Men uchun eng yaxshi variant transfer edi. Formada emasligim haqidagi gaplar haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Italiyada meni tarkibga kiritmaslik uchun shunday deyishgandi. Ammo men o'yinlarga 100 foiz tayyorman».

📌 Mart oyida Belgiya terma jamoasi ixtiyoriga borganida u jarohat oldi va uyiga, vataniga shaxsiy murabbiy bilan shug'ullanish uchun qaytdi. Albatta, u bu haqda «Napoli»ga aytmadi.

Neapolliklar sport direktori Jovanni Manna keyinchalik klub shaxsiy murabbiy bilan ishlashga qarshi emasligini, biroq bu haqda «Napoli» bilan kelishib olish kerakligini aytgandi.

📌 Qizig'i shundaki, Lukaku o'zi «faoliyatidagi eng yaxshi murabbiylardan biri» deb hisoblagan Antonio Konte bilan ham urishib qoldi. Aprel oyida Konte Lukaku haqida shunday degandi:

«Rostini aytsam, Lukaku bilan gaplashish imkonim bo'lmadi. Bilishimcha, shtabdagilar u bilan gaplashgan, u mashg'ulot bazasiga kelgan, lekin mening xonamga kirmagan. Hech kim eshikni taqillatib, shaxsan gaplashishga urinmadi va bu yoqimsiz holat. Men hech bo'lmaganda salomlashish yoki xabar kutgandim. Bunday vaziyatlarda bir-birini tushunishga harakat qilish kerak, garchi ko'pincha murabbiylarni eng kam tushunishsa ham».

📌 Va nihoyat. Lukakuning 30 mart kungi so'zlari:

«Bu mavsum men uchun juda og'ir – jarohat va shaxsiy yo'qotish... Bilaman, so'nggi kunlarda vaziyatim atrofida ko'p shov-shuv bo'ldi va buni oydinlashtirish muhim. Gap shundaki, so'nggi bir necha hafta davomida jismonan o'zimni yomon his qildim va Belgiyada bo'lgan vaqtimda tekshiruvdan o'tdim. U chanoq-son mushagida yallig'lanish va suyuqlik to'planganini aniqladi. O'ylaymanki, ko'pchiligingiz Veronadagi intervyuyimni ko'rgansiz... Men hech qachon «Napoli»ga orqa o'girib keta olmayman, hech qachon... Jamoam tarkibida o'ynash va g'alaba qozonishdan ortiq narsani istamayman. Ammo hozir 100 foiz sog'lom ekanimga ishonch hosil qilishim kerak, chunki oxirgi vaqtlarda formamda emasdim va bu ruhiy holatimga ta'sir qildi... Bu mavsumda boshimdan ko'p narsa o'tdi... Ammo chaqirishsa, «Napoli» va terma jamoaga maqsadlariga erishishda yordam beraman... Men faqat shuni istayman».

Tushunyapsizmi, «Napoli»ga hech qachon orqa o'girmayman» degan gap yarim yilga yetdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!