Il Corriere dello Sport: «Napoli» Gabriel Jesus transferi ustida ishlamoqda
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Transfer 👁 11

Il Corriere dello Sport: «Napoli» Gabriel Jesus transferi ustida ishlamoqda

Il Corriere dello Sport xabariga ko'ra, «Napoli» Gabriel Jesusni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi. 📰

«Gabriel Jesus – «Napoli» uchun aqldan ozgan, ammo amalga oshishi mumkin bo'lgan transfer g'oyasi: u haqiqiy g'olib. U 2017-yildan 2022-yilgacha «Manchester Siti»da De Bryuyne bilan birga to'plagan boy sovrinlar kolleksiyasi va tajribasiga ega. Shuningdek, u hozirda hujum chizig'ida faqatgina Xyoylundga umid bog'layotgan jamoani kuchaytirishi mumkin. Lukaku esa sotuvga qo'yilgan, uning agenti bilan muzokaralar murakkab kechmoqda. Shu bilan birga, Lukka «Nottingem Forest»dagi omadsiz ijaradan so'ng «Napoli»da o'z imkoniyatidan foydalanib qolishga harakat qilmoqda», — deb yozadi gazeta.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!