Emanuele: "Gasperini bizga o'z kuchli tomonlarimizdan foydalanishga yordam beradi"
Emanuele Gasperini qo'l ostidagi o'yin uslubi va Parijdagi bo'lajak o'yin haqida fikrlarini bildirdi.
Emanuele, boshlaymiz bugungi kunning asosiy voqeasi — Malenning to'rtta goli haqida. Sen u bilan har kuni birga shug'ullanasan. Bu futbolchi haqida nimalarni ayta olasan?
U ajoyib o'yinchi, lekin eng avvalo — muloqotda juda oddiy, xotirjam va quvnoq inson. Futbolchi sifatida esa u, albatta, shunchaki fantastik.
Sening kabi qanot futbolchisi uchun o'yinni qanotlar orqali tashkil etishni o'zining tashrif qog'oziga aylantirgan Gasperini qo'l ostida ishlash qanchalik muhim? Bugun sen va Uesli birgalikda uchta golli uzatma amalga oshirdingiz, o'zing esa ikkita gol urding. Bu murabbiy sizga qo'shimcha nima beradi?
Murabbiyning o'yin modeli bizga, qanot futbolchilariga juda katta yordam beradi, chunki u bizning kuchli tomonlarimizdan foydalanish imkonini beradi. Menga bunday futbol juda yoqadi. Men har bir o'yinga imkon qadar yaxshi kirishishga va shu ruhda davom etishga harakat qilishim kerak.
Navbatdagi o'yin Parijda bo'lib o'tadi. Qog'ozda bu nihoyatda qiyin sinov. Unga qanday kayfiyat bilan yondashyapsiz? Jamoa haqiqatan ham juda jipslashgan ko'rinadi. "Real" va "Manchester Yunayted" bilan o'yinlardagi omadsizliklardan so'ng, bunday darajada o'zingizni ko'rsatish istagi qanchalik kuchli?
Shubhasiz, bu eng yuqori darajadagi futbolchilarga qarshi ajoyib o'yinlar. Biz o'yinga xotirjam yondashishimiz kerak. Bizni xalqaro darajadagi futbolchilar bilan to'qnashuv kutib turibdi, ammo buni oddiy o'yin kabi qabul qilib, "Manchester Yunayted" va "Real" bilan uchrashuvlarda sodir bo'lgan voqealarni takrorlamaslikka harakat qilishimiz lozim.