Diego Simeone: Kuti Romero va Arnau Ortis haqida
Diego Simeone Kuti Romero va Arnau Ortisning «Atletiko»dagi kelajagi hamda ularning fazilatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Diego Simeone:
Kuti Romero — bu yetakchilik, kuch, maqom, sadoqat, sifat va albatta, vaqt o'tishi bilan unda klubga tegishlilik hissi paydo bo'ladi. Men u klub qadriyatlarini o'zida mujassam etganini va bizga yordam berish uchun kelganini ko'ryapman.
Arnau Ortis? U o'tgan mavsumda Fernando Torres qo'l ostidagi ikkinchi tarkibda juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Biz uni kuzatib bordik. O'tgan mavsumda ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq vaziyat tufayli uni yuqoriga ko'tara olmagan edik. Uning kamtarligi va mehnatsevarligi tahsinga loyiq. Umid qilamanki, uning asosiy tarkibdagi mavsumi biz kutgandek o'tadi va hammasi muvaffaqiyatli yakunlanadi.