«Yuventus» himoyachi Kalulu bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi. Tomonlar yaqin kunlarda uchrashishadi.
Kalulu shartnomani uzaytirish bo'yicha ro'yxatda birinchi o'rinda turibdi.
Yaqin kunlarda futbolchining vakillari va klub rahbariyati jarayonni boshlash uchun ilk rasmiy muzokaralarni o'tkazishadi.
Ishonchli o'yin va ajoyib universallik uni jamoaning asosiy futbolchisiga aylantirdi, shu sababli «Yuventus» jarayonni tezlashtirishga va u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga qaror qildi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri uning maoshini oshirish masalasi bo'ladi 📈
Luciano Spalletti «Venezia»ga qarshi o'yin oldidan Antonio Conte haqidagi fikrlari va jamoa tarkibidagi yangiliklar bilan o'rtoqlashdi.
Luciano Spalletti «Venezia»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida quyidagilarni ta'kidladi:
«Conte aytgan gaplarmi? Jamoasiz qolgan murabbiy milliy terma jamoa, «Milan», «Manchester Yunayted» yoki «Yuventus» kabi muhim klubni boshqarishni istashini mutlaqo normal holat deb bilaman. Bu atrofda shov-shuv ko'tarishga hech qanday sabab ko'rmayapman — bu butunlay tabiiy holat.
Men ham Conte kabi yo'l tutarmidim? Jamoam bo'lmagan vaqtda, yangi yechimlar topish va keyingi loyihaga tayyorgarlik ko'rish uchun boshqa murabbiylarni kuzatardim.
Kalulu va Niko Gonsales maydonga tushmaydi, qolganlar safda. Konseysau asosiy tarkibda chiqadimi? Uning holatini xotirjam baholaymiz: to'liq tiklanganiga amin bo'lish uchun u dastlabki o'yin to'qnashuvlariga bardosh berishi kerak.
Voltemade zich kurashlarda juda baquvvat va texnik o'yin ko'rsatadi, bunga uning uzun oyoqlari yordam beradi. U to'p bilan yaxshi muomalada bo'ladi va oxirgi paytlarda amaliy harakatlarda sezilarli darajada o'sdi. Unga himoyachiga nisbatan orqa bilan o'ynashni samaraliroq qilish kerak, ammo u buni uddalashiga ishonchim komil».