O'YINDAN KEYINGI INTERVYULAR | Rodrigo Mora «Parma» — «Roma» uchrashuvi yakunlangach, jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Rodrigo, sen bunga qadar shunga o'xshash holatni ko'rganmisan? Jamoadoshingning bir o'yinda to'rtta gol urishi...
«Ha, men eng birinchi kundan boshlab Doni qanday sifatlarga ega ekanligini tushunganman. U uchun juda xursandman, u ko'p narsaga loyiq. Ammo eng muhimi — jamoaning g'alabasi».
Bu sening uchun ham o'zgacha davr: ketma-ket to'rtinchi o'yindirki, gol urmoqdasan. Bu seriya sening uchun nimani anglatadi?
«Bu men uchun juda muhim. Men bu lahzani juda uzoq kutgandim. Ammo eng muhimi — jamoa. Yana uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan juda xursandman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!