«Napoli» Sebastiano Espositoni hujum chizig'i uchun potensial kuchaytirish varianti sifatida ko'rib chiqmoqda.
Taniqli transfer bozori eksperti Nikolo Skira yozishicha, klub hujumchining agenti Mario Djuffredi bilan muzokaralar o'tkazgan.
Espozitolar oilasining to'ng'ichi «Kalyari»ga tegishli, ammo ijara asosida «Sassuolo»da o'ynamoqda. «Neroverdi» hujumchini 11 million yevro evaziga sotib olish huquqiga ega. Kelgusida qayta sotilganda «Kalyari» 15 foiz ulush oladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!