Kechagi matbuot anjumanida Massimiliano Allegri Chempionlar ligasi doirasidagi bo'lajak o'yin haqida fikrlarini bildirdi:
«Eng avvalo, shundan boshlaylikki, ertaga bizni juda muhim va murakkab o'yin kutib turibdi. «Vilyarreal» mavsumni qiyin boshlagandi, ammo keyin ular g'alaba qozonishdi va shanba kuni «Real»ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazishdi. Bu yerda o'ynash har doim qiyin, bu Chempionlar ligasi o'yini va biz ajoyib o'yin ko'rsatib, kerakli natijaga erishishga harakat qilishimiz kerak. Biz ochko to'plashni boshlashimiz zarur, maqsadimiz — birinchi bosqichdan o'tish va mart oyigacha turnirda qolish.»
«Ertaga biz yaxshi o'ynashimiz kerak. Uch nafar himoyachi bilan o'ynash masalasiga kelsak, bilasizmi, menga bunday mulohazalar unchalik yoqmaydi. Odamlar biz uch yoki to'rt nafar himoyachi bilan o'ynayapmiz, deyishganda, bu futbol o'yinini juda soddalashtirib ko'rsatish deb o'ylayman. Agar shunday bo'lganida, besh, olti yoki yetti nafar himoyachi bilan o'ynab, g'alaba qozonardik. Bu juda oson bo'lardi. Prezident shanba kungi o'yinni tomosha qildi, ammo ertangi bahs o'tgan safargidan butunlay farq qiladi.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!