Massimo Brambati: «De Bryuyne «Napoli» uchun emas, o'zi uchun o'ynamoqda»
Sobiq futbolchi Massimo Brambati «Napoli»dagi vaziyat va Kevin De Bryuyne hamda Antonio Konte o'rtasidagi kelishmovchilik haqida fikr bildirdi.
Radio Marte efirida A Seriyaning bir qancha klublarida to'p surgan, Antonio Konte va Massimiliano Allegri bilan yaqin do'st bo'lgan sobiq himoyachi Massimo Brambati «Napoli»dagi asosiy mojaro yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi:
«De Bryuyne «Napoli» uchun emas, ko'proq o'zi uchun o'ynaydigan futbolchi va bu, shubhasiz, jamoadoshlari hamda Allegri uchun yaxshi emas.»
«Janob De Bryuyne shartnoma imzoladi va imzolash bilanoq 10 million yevro oldi, uning ikki yillik maoshini hisobga olmaganda. Muzokara stoliga o'tirganingizda, sizni taklif qilayotganlarning murabbiylar o'rindig'ida Konte o'tirganini tushunasiz. Xuddi hozirgi Allegri kabi. Murabbiyingiz kimligini va u qanday futbol o'ynashini bilish uchun barcha tanishlarga qo'ng'iroq qilib chiqishga o'ttiz daqiqa kifoya. Agar u sizga yoqmasa, o'rningizdan turasiz va ketasiz.
Menga atigi bir yarim oy o'tib, uning [KDB] Antonio bilan chiqisha olmagani yoqmadi. Axir u Kontening mashg'ulotlari qandayligini va qanday futbol o'ynashini bilar edi. Futbolchi jamoaga salbiylik olib kelmasligi kerak. Agar sen chempion bo'lsang, jamoaviy munosabatlarda ham chempion bo'lishing kerak.»