Noa Lang «Frozinone» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng bir nechta blits-intervyu berdi.
SKY Sport uchun:
«Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sovrinimi? Kevin bunga loyiq edi, lekin eng muhimi – g'alaba. Men uchun og'ir yil bo'ldi, ammo qaytganimdan xursandman. Hammasi ortda qoldi. Yangi mavsum, oldinga intilish va diqqatni jamlash kerak. Bu ajoyib mavsum bo'ladi. Bunga juda umid qilaman.»
DAZN uchun:
«Mavsumlar o'rtasidagi eng katta farq shundaki, bu murabbiy o'tgan yilgidan farqli o'laroq, men bilan gaplashadi. U menga o'yinimni qanday yaxshilash va maydonda qanday harakatlanish bo'yicha ko'rsatmalar beradi.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!