💬Il Corriere dello Sport bosh muharriri Ivan Dzadzaroni:
«Kevin butun yil davomida Gvardiola haqida gapirdi, lekin u yerda Foden yoki Xoland kabi o'yinchilari yo'qligini tushunmayapti. Uni Gvardiolaning o'zi haydab yuborgan, futbol hamma uchun o'zgarmoqda.»
💬Neapollik jurnalist Luka Chirillo:
«De Bryuyne o'zining passiv va sust xulq-atvori tufayli muhokamalar markazida. Shu ma'noda u Massimo Troizining «Kechikkanim uchun uzr» filmidagi injiq Toninoga juda o'xshaydi, bu rolni Lello Arena mahorat bilan ijro etgan. «Hech kim meni tushunmayapti, hech kim meni tushunmayapti», — bu o'sha personajning asosiy gapi edi.»
👁OAV e'tiboridan belgiyalik futbolchining o'yindan keyingi asabiy munosabati ham chetda qolmadi, o'shanda Lorentso Lukka penaltidan foydalana olmagani uchun uni dalda bermoqchi bo'lib yaqinlashgandi. Ruhiy jihatdan ezilib turgan Lukka yanada xafa bo'ldi va hayron qolgan holda ortga chekindi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!