#Jiovane Santana — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Jiovane Santana: «Napoli»dagi ilk golimni yaqin orada uraman»

Jiovane Santana: «Napoli»dagi ilk golimni yaqin orada uraman»

Jiovane Santana Radio KissKiss nashriga bergan intervyusida «Napoli» safidagi ilk goli va Chempionlar ligasidagi debyuti haqida gapirdi.

Jiovane Santana Radio KissKiss nashriga intervyu berdi:

«Oxirgi o'yindagi g'alaba bizga ko'proq ishonch bag'ishladi. Biz seshanba kungi o'yindan xursand bo'ldik, ammo u allaqachon ortda qoldi. Hozir barcha e'tiborimiz shanba kungi bahsga qaratilgan, chunki bu biz uchun juda muhim o'yin.»

🔘 «Maradona» stadionida Chempionlar ligasidagi debyutingiz qanchalik hayajonli bo'ldi?

«Bu mening orzuim edi. Bolaligimda ko'plab futbolchilarning Chempionlar ligasida o'ynaganini tomosha qilganman: Krishtianu Ronaldu, Messi, Neymar va albatta, Ronaldu-Fenomen. Men juda va juda baxtliman.»

🔘 Siz «Napoli» safidagi ilk golingizni ancha vaqtdan beri kutmoqdasiz...

«Men uchun uch ochkoni qo'lga kiritish va jamoaga yordam berish muhimroq. Albatta, men gol urishni va golli uzatmalar amalga oshirishni istayman, ammo o'z texnik darajasini ko'rsatib qo'ygan jamoa ustidan ajoyib g'alabaga erishganimiz juda yaxshi bo'ldi. O'ylaymanki, «Napoli» safidagi ilk golim yaqin orada bo'ladi.»

O'ng ustun yangiliklari