Romeo Agresti: «Yuventus»da jarohatlar bilan bog'liq vaziyatni nihoyatda og'ir deb hisoblashmoqda. Klubdagilar bunga xatolik yoki mas'uliyatsizlik emas, balki omadsizlik sabab bo'lganiga ishonchi komil. Jamoa allaqachon beshta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishga majbur bo'ldi, bunga sentyabr oyi oxirida Kolo Muani bilan o'tkazilgan operatsiya ham kiradi.
Kolo Muanining jarohati unchalik jiddiy emas va u terma jamoalar o'yinlari uchun bo'lgan tanaffusdan so'ng safga qaytishi kerak. Yildiz, agar tiklanish jarayoni reja bo'yicha ketsa, dekabr oyida qaytishi mumkin.
Tyuram, Lokatelli va Grabara faqat kelasi yili safga qaytishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Grabaraning mavsumi jiddiy xavf ostida qolmoqda.
Ko'plab jarohatlar nafaqat o'yinga, balki jamoa ichidagi muhitga ham ta'sir ko'rsatmoqda. Spalletti, uning shtabi va klub rahbariyati birlikni saqlab qolishga hamda ushbu murakkab vaziyatni yengib o'tishga harakat qilmoqda».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!