Migel Anxel Portugal: «Real Madrid» 2000-yillarda Lionel Messini qo'lga kiritishi mumkin edi
«Real Madrid»ning sobiq skauti Migel Anxel Portugal 2000-yillarda klub Lionel Messini transfer qilishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi.
🗣️ Migel Anxel Portugal, «Real Madrid» yoshlar jamoasining sobiq skauti:
2000-yillar boshida «Real Madrid»da Lionel Messini tarkibga qo'shib olish imkoniyati bo'lgan, o'sha paytda u hali «Barselona» bilan professional shartnoma imzolamagan edi.
Menga ma'lum bo'lishicha, Messining atrofidagilardan biri uni Madrid klubiga taklif qilgan. Men bu voqeaning qanchalik haqiqat ekanligini tasdiqlay olmayman, ammo «Real»da uni sotib olish imkoniyati haqida ma'lumot bo'lgan.
Biroq klub «Barselona» bilan munosabatlarni buzishni istamadi. O'ylaymanki, kataloniyaliklarga bo'lgan hurmat tufayli rahbariyat baribir bu transferni amalga oshirmagan bo'lardi.