FSG «Liverpul» aksiyalarining bir qismini sotdi
FSG «Liverpul» klubining uchdan bir qismini 1,5 milliard funtga sotdi. Klubning umumiy qiymati 5,5 milliard funtga yetdi.
Rasman: FSG klubning uchdan bir qismini britaniyalik-hindistonlik biznesmen Amit Batiya boshchiligidagi konsorsiumga taxminan 1,5 milliard funt sterling evaziga sotdi. Amazon rahbari Bezos ham investorlar qatorida, biroq u direktorlar kengashidan joy olmaydi.
Endilikda «Liverpul» 5,5 milliard funtga baholanmoqda. Bu esa klubni «Real» va «Barselona»dan keyin dunyoning eng qimmat futbol klublari uchligiga olib chiqdi (Forbes).