Jed Spens: «Men Londonning janubidagi Pekxem tumanidaman. Futbol o'ynashni shu yerdan boshlaganman. O'ylashimcha, to'pga birinchi marta zarba bergan joyim haqiqiy futbol stadioni emas, balki Pekxem Ray parki bo'lgan. Bolaligimda Krishtianu Ronalduni juda yoqtirardim va «Pekxem Taun»da o'ynaganimda unga taqlid qilishga urinardim. Birinchi golimni juda uzoq vaqt oldin urganman, lekin uni qaychi uslubida kiritganim yodimda. O'sha lahzada shunchalik ko'p energiya his qilgandimki, maydonda to'xtovsiz yugurgandim!
«Inter» tarixidagi eng sevimli o'yinchim — bu, shubhasiz, Ronaldo "Fenomen". Italiya menga juda yoqadi: «Jenoa»da o'ynaganimda, bu mamlakatning ijobiy muhiti, iqlimi va ajoyib taomlari meni hayratda qoldirgan. Jahon chempionatidagi uchinchi o'rinmi? Bu biz xohlagan natija emasdi, biz g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Tarixga kirish imkoniyatimiz bor edi, bu ajoyib tuyg'u edi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!