Jose Mourinyu: «Jamoa manfaati har doim birinchi o'rinda»
Real Madrid CF ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Jose Mourinyu: «Jamoa manfaati har doim birinchi o'rinda»

🤴🗣️ Joze Mourinyu — o'yin oldidan matbuot anjumanida:

⚪Tarkibdagi rotatsiya haqida:

Men futbolchilarga dam berish haqida o'ylamayapman. Hozir barcha fikrlarim ertangi o'yinda g'alaba qozonishga qaratilgan.

⚪Asosiy tarkib haqida:

Din Xoysen va Ibraima Konate ertaga ilk daqiqalardan maydonga tushishadi.

⚪Vinisius Junior va jamoa balansi haqida:

Men uchun jamoa manfaati har doim birinchi o'rinda. Men hech qachon ularni bir futbolchi uchun qurbon qilmayman. Vinisius qaytib, La Ligada o'ynay oladigan bo'lsa, men qaror qabul qilaman. U astoydil ishlamoqda va jamoadoshlari bilan ajoyib munosabatda. Ammo asosiy tarkibni tanlashda men har doim jamoa manfaatlariga tayanaman.

⚪Vinisius tanqidi haqida:

Murabbiy futbolchilarga o'z salohiyatini ochib berishga va har biriga turli yondashuvlarni topishga yordam berishi kerak. Yomon o'yinchi yomonligicha qoladi. Yaxshi futbolchi esa, hatto omadsiz davrni boshdan kechirayotgan bo'lsa ham, avvalgi darajasiga qaytishga qodir. Agar Vinisius o'rnida oddiy futbolchi bo'lganida, hech kim uning AEKga qarshi o'yinini muhokama qilmasdi. Ammo Vinidan ko'proq narsa kutishadi, shuning uchun uning o'yini bunchalik faol tanqid qilinmoqda.

⚪Federiko Valverde haqida:

Birgalikda ishlagan ilk kunlarimdayoq unda haqiqiy professionallikni ko'rdim. U kamtar, jamoadoshlari bilan chiqishib ketadi, yetakchilik fazilatlariga ega va boshqalar uchun namuna bo'la oladi. Ishonchim komilki, sardorlik bog'ichi uning jamoa oldidagi mas'uliyat hissini yanada kuchaytirdi.

⚪Krishtianuning terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida:

Uning qarorini hurmat qilish kerak. Ammo bu faoliyatning yakuni emas — Krishtianu hali futbol bilan xayrlashgani yo'q. Uni biladiganlarning barchasi tushunadiki, u erishmoqchi bo'lgan maqsadlari hali oldinda. Men faqat bir narsaga aminman: u faoliyatini yakunlaydigan kun butunlay boshqacha bo'lishi kerak, kechagidek emas.

⚪Irodali g'alabalar haqida:

Ishni kambeklarga qadar yetkazmagan ma'qul. Albatta, ularning ijobiy tomonlari ham bor: xarakter, taslim bo'lmaslik mahorati, motivatsiya, «Real Madrid» emblemasiga hurmat va jamoa birligi. Ammo teskari tomoni ham bor — kambek qilish uchun avvalo mag'lub bo'layotgan holatga tushib qolish kerak. Men esa bundan qochishni afzal ko'raman.

⚪Jamoaning mashg'ulot bazasida tunashi haqida:

O'tgan kecha futbolchilardan hech biri uyiga ketmadi. Barchasi qolib, mashg'ulot bazasida tunashdi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!