🎤Mateus Fernandes jamoadagi eng yaqin do'sti haqida:
«Bu Pedro Porro. Biz «Sporting»da birga o'ynaganmiz. O'shanda men yosh futbolchi edim va u menga juda ko'p yordam bergan. U meni jamoaga qabul qilgan... Ko'p jihatdan aynan u sababli men shu yerdaman.
Men undan klub, futbolchilar va murabbiy haqida so'rab-surishtirardim.
Hatto jahon chempionatidagi g'alabadan keyin ham u qaytib keldi va yanada ko'proq yutishni xohladi.
U quvnoq. Unda energiya juda ko'p. Doim hazil qiladi.
O'ynamayotgan paytida ham u bizni qo'llab-quvvatlaydi.
Yoshlarni qo'llab-quvvatlaydi. Butun jamoani qo'llab-quvvatlaydi. U ajoyib yigit».
🎤Jamoadagi eng tezkor futbolchi haqida:
«Bu Mikki yoki Umar Marmush... Biz o'tgan hafta bu haqda gaplashdik va Mikki Marmushdan tezroq ekanini aytdi, shuning uchun men Mikkini tanlayman.
U Premer-ligadagi eng tezkor futbolchilardan biri... U uchun sardor bo'lish shunchaki futboldan ko'ra ko'proq narsani anglatadi.
Qachonki biror narsa noto'g'ri ketsa, u doim o'z fikrini bildiradi. Tanaffusda u jamoaga va yosh futbolchilarga yordam berishga harakat qiladi. Gap faqat futbol haqida emas, balki uning xarakteri haqida ham ketmoqda. O'ylaymanki, aynan shu sababli Mikki sardor bo'lgan.
Agar futbol sifatlari haqida gapiradigan bo'lsak, u har bir o'yinda ko'p narsaga qodirligini isbotlamoqda.
Aytganimdek, jamoamizda sifatli futbolchilar juda ko'p. Biz shunchaki o'zimizga va sheriklarimizga ishonishimiz kerak».
🎤Unga berilgan eng yaxshi maslahat haqida:
«Men uchun — bu doimo murabbiy. Eng muhimi — hech qachon ishtiyoqni yo'qotmaslik.
Nima qilsang ham, ishtiyoq bilan qil va uni yo'qotma, chunki uni yo'qotsang — hammasini yo'qotasan.
O'z ishingga berilib ketishing kerak.
Himoyalanyapsanmi, hujum qilyapsanmi, zalga ketyapsanmi yoki uyga — qilayotgan ishingning hammasini sev».
🎤Van Xeke haqida:
«O'ylaymanki, uning xarakteri juda kuchli. Charchaganingda, u doim seni ruhlantirishga va jamoani kerakli kayfiyatga solishga tayyor.
Hatto yutqazayotganimizda ham u to'pni olib: «Bo'ldi, davom etamiz», deydi.
Kayfiyatni va o'yinga bo'lgan munosabatni o'zgartirish muhim».
🎤«Tottenxem» kabi klubda bo'lish, Premer-ligada o'ynash sening uchun nimani anglatadi? Bu sen va oilang uchun nimani bildiradi?
«Bu biz uchun — nafaqat men va oilam uchun — orzu.
Bu Portugaliyadagi kichik qishloqdan chiqqan, hozir esa Premer-ligadagi katta klubda o'ynayotgan yigitning orzusi.
O'ylaymanki, bu atrofimdagi barcha uchun ushalgan orzu.
Bu shunchaki mening ishim emas.
Ortimda ko'plab insonlar turibdi, ular menga yordam berishadi va qo'llab-quvvatlashadi.
Shuning uchun o'ynaganimda, men faqat o'zim uchun o'ynamayman.
Men o'z shahrim, oilam va kichkina o'g'lim uchun o'ynayman. Maydonga har safar tushganimda, ular uchun o'ynayman».
🎤Premer-ligadagi kumiri haqida:
«Hammasi oddiy.
Bu Krishtianu Ronaldu.
Mamlakatimiz uchun u tarixdagi eng buyuk futbolchi.
Bolaligimda o'yinlarni tomosha qilib, unga o'xshashni xohlarding... U kichik oroldan kelgan va 12 yoshida «Sporting» akademiyasiga tushgan.
Bu shuni ko'rsatadiki: futbol — bu faqat sifat emas, bunday darajaga yetish uchun har kuni ishlash kerak».
🎤Otasi haqida:
«Bolaligimdan otam doim menga, hatto ikkita yoki uchta gol ursam ham: «Yo'q, sen yaxshiroq o'ynashing mumkin», derdi. U doim mendan ko'proq narsani talab qilgan.
Yaxshi o'ynasang, dunyodagi eng yaxshisisan. Lekin yomon o'yin o'tkazsang, butun dunyo seni tanqid qila boshlaydi».
🎤Kichik qishloq, «Sporting», keyin esa bu yer. Bu Portugaliyaning keyingi avlodini ilhomlantirishga umid beradimi?
«Umid qilaman. Men kichik qishloqdanman va «Milan» hujumchisi Gonsalu Ramush ham o'sha yerdan. Bolaligimda unga ham qarab o'sganman — u juda yaxshi o'ynardi.
Va men o'zimga: «Men ham shunga erishmoqchiman», deganman.
Balki, hozir bizga qarab, bizdek bo'lishni istaydigan bolalar bordir.
Bu futbol. Bu hayot.
Bu bolalarga ham shunday darajaga yetib kelishiga yordam berish kerak».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!