Klaudiu Ramush Portugaliya Kubogi doirasidagi penaltilar seriyasida 3 ta zarbani qaytarib, «Portu» tarixidagi muhim natijani qayd etdi.
Klaudiu Ramush «Portu» darvozasida o'tib bo'lmas devorga aylandi va penaltilar seriyasida uchta zarbani qaytardi — bu «ko'k-oqlar»ning so'nggi 8 yildagi eng yaxshi ko'rsatkichi.
2017/18 Iker Kasilyas «Sporting»ga qarshi (2 ta seyv) Liga Kubogida
2026/27 Klaudiu Ramush «Paredesh»ga qarshi (3 ta seyv) Portugaliya Kubogida
Manuel Noyer Chempionlar ligasida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha Tomas Myullerning natijasini takrorladi.
Manuel Noyer Chempionlar ligasida nemis futbolchilari orasida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha Tomas Myullerga yetib oldi — har ikkisida 163 tadan o'yin!
Turnir tarixida bundan ko'proq o'yin o'tkazganlar faqat Krishtianu Ronaldu (183) va Iker Kasilyas (177) hisoblanadi.
Joze Mourinyu o'zining yangi hujjatli filmida Iker Kasilyas va Real Madrid futbolchilari bilan bog'liq xotiralari haqida so'zlab berdi.
💭 Joze Mourinyu o'zining yangi hujjatli filmida shunday deydi:
Birinchi marta Kasilyas bilan gaplashganimda, u menga birinchi bo'lib: «Terma jamoa o'yinchilari uchun ko'proq dam olish kunlarini so'ramoqchiman», dedi.
Ikkinchi marta u men bilan gaplashganida: «Mashg'ulotlarni bir soat kechroqqa ko'chirishingizni so'rardim», dedi, chunki men mashg'ulot o'tkazmoqchi bo'lgan vaqtda Madridda katta tirbandliklar bo'lardi.
Uchinchi marta u men bilan gaplashgani kelganida: «Biz mehmonxonaga borishni xohlamaymiz. Biz o'yin kuni uchrashib, to'g'ridan-to'g'ri stadionga borib o'ynashni afzal ko'ramiz», dedi.
Ularning erkalashib ketganini tushunib yetishim uchun ko'p vaqt kerak bo'lmadi.
Jose Mourinho va Iker Kasilyas "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi keskin qarama-qarshilik davridagi munosabatlari haqida gapirib berishdi.
Jose Mourinho: "Real"dagi ilk davrimda Kasilyasning Xaviga qo'ng'iroq qilgani? O'shanda futbolchilarga shunday deganman: "Real" va "Barselona" o'rtasida katta qarama-qarshilik bor. Terma jamoaga borganingizda bir-biringizni xohlasangiz ikki marta o'pib qo'ying, lekin hozir emas. Bizning o'rtamizda juda qattiq kurash ketyapti".
Men qabul qilmaydigan va hech qachon qabul qilmaydigan narsalar bor. Agar kimdir meni hurmat qilmasa, bu muammoga aylanadi.
Iker Kasilyas: "Xaviga qo'ng'iroq qilganim? Bu men uchun murakkab vaziyat edi, chunki men ham "Real", ham Ispaniya terma jamoasi sardori edim. Klub darajasidagi dushmanlaringiz terma jamoada sheriklaringizga aylanishardi. Bu menga yoqmasdi va bu haqda Mourinhoga aytganman".
Iker Kasilyas Jozé Mourinyuning «Real»dagi davri va kiyim almashtirish xonasidagi «sotqin» qidirish jarayoni haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
Jozé Mourinyuning yangi hujjatli filmidan parchalar
Iker Kasilyas: «Mourinyu «Real» kiyim almashtirish xonasida «sotqin» qidirishni boshlaganida butunlay aqldan ozgan edi. O'shanda Jozé xonamizga bostirib kirib, bizni haqorat qildi va og'ziga kelganini gapirdi. Mourinyu yuz berayotgan barcha narsada aynan biz aybdor ekanimizni aytdi. U shisha uloqtirdimi yoki kabineti eshigini qarsillatib yopdimi, eslay olmayman... Kim ma'lumotni «sotib» yuribdi?! Albatta, «sotqin». Xo'sh, u kim?! Unda o'zing top [Mourinyuga murojaat qilib]»
Marselo: «Mourinyu juda g'azablangan edi. U bizga eng yaxshi tarzda g'alaba qozonishimizga yordam berish uchun juda ko'p ishladi. Oxir-oqibat esa, matbuotga faqat biz biladigan ma'lumotlar «sizib» chiqdi... Biz hali ham o'sha ma'lumotlarni matbuotga yetkazib bergan «sotqin» kimligini bilishni istaymiz»
Rikardu Karvalyu: «Real Madrid» — juda buyuk klub... Kiyim almashtirish xonamizdagi har qanday mayda gap ertasi kuni gazetalarda katta shov-shuvga aylanardi. Mourinyu hamma narsani nazorat qilishni yaxshi ko'radi, ammo buni amalga oshirish unga qiyin edi»
Faria (Mourinyuning «Real»dagi sobiq yordamchisi): «Biz kim «sotqin» ekanini bilardik. Bunga deyarli amin edik, chunki savollarning javoblari gazetalarda chiqardi. Buni isbotlay olmasak ham, hammasi qanday ishlashiga deyarli ishonganmiz»
Braziliyalik afsonaviy hujumchi Romario «Valensiya»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
🗣️ Romario Iker Kasilyasga bergan intervyusida shunday dedi:
«Valensiya» — faoliyatim davomida to'p surgan eng muhim jamoalardan biri. U yerda men kutgan muvaffaqiyatga erisha olmadim. Hammasi men xohlagandek bo'lmadi.
Ammo klubda juda oz vaqt o'tkazgan bo'lsam-da, men uni hamon katta iliqlik bilan eslayman va har doim bu mening Ispaniyadagi ikkinchi jamoam ekanligini aytaman».
Iker Kasilyas Joze Mourinyo bilan bo'lgan munosabatlari va bugungi kundagi aloqalari haqida fikr bildirdi.
💭 Iker Kasilyas:
Birinchi yili biz juda yaqin edik. Bu ehtiros, kuch va o'zaro ishonchga to'la munosabatlar edi. Vaqt o'tishi bilan ular turli sabablarga ko'ra yomonlashdi. Bugungi kunda, agar uchrashib qolsak, bir-birimizga salom beramiz va hatto bir dasturxon atrofida o'tirib, hech qanday muammosiz gaplashishimiz ham mumkin.
Jude Bellingem Chempionlar ligasida 60 ta o'yin o'tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi. U Iker Kasilyas rekordiga yaqinlashmoqda.
Jude Bellingem Chempionlar ligasida 60 ta o'yin o'tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi (23 yoshu 128 kun).
Shu bilan birga, yarim himoyachiga 24 yoshgacha bo'lgan davrda Chempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi sifatida Iker Kasilyas bilan tenglashish uchun atigi to'rtta uchrashuv qoldi.
Iker Kasilyas Joze Mourinyuning hozirgi holati haqida gapirdi, jurnalist G. Alvares esa «Real»dagi boshqaruv jarayonini tanqid qildi.
Kasilyas: "Mourinyuning «Madrid»ga qaytishi? Bu allaqachon boshqa Joze. U avvalgi o'ziga o'xshamaydi… Mourinyu o'sha-o'sha iqtidorli va muvaffaqiyatli murabbiy, lekin u boshqacha qarash bilan kelgan.
Mening Mourinyu bilan mojaroyimmi? Men hali ham buni eslab kulaman. O'sha voqeadan ko'p narsalarni eslayman..."
G. Alvares (jurnalist Cadena SER): "Hozir men «Madrid»ga nisbatan o'tgan mavsumdagi kabi his-tuyg'ularni boshdan kechirmoqdaman: boshqaruvdagi tartibsizlik. Bizga Mourinyuning jamoaga kelishi bilan tartib va intizom qaytgani haqidagi g'oyani sotishgandi, hozir esa bularning barchasi Arbeloa davrini eslatmoqda"
Joze Mourino "Real"dagi faoliyati davomida Iker Kasilyas va futbolchilarning xatti-harakatlari haqida gapirib berdi.
🎙 Joze Mourino Iker Kasilyas haqida:
Iker bilan birinchi marta jamoa sardori sifatida gaplashganimda, u menga shunday degandi: "Sizdan terma jamoa o'yinchilariga ko'proq dam olish uchun vaqt berishingizni so'ramoqchiman".
Ikkinchi marta gaplashganimizda, u mashg'ulotni bir soatga kechiktirishimni so'radi, chunki men mashg'ulot belgilagan vaqtda Madridda tirbandliklar juda ko'p bo'lardi.
Uchinchi marta gaplashganimizda esa u shunday dedi: "Biz mehmonxonaga borishni xohlamaymiz. O'yin kuni uchrashib, to'g'ri stadionga borib o'ynashni afzal ko'ramiz".
Men juda tez tushunib yetdimki, ular juda erkalashib ketishgandi.
Sami Xedira Joze Mourinyu davrida "Real Madrid" kiyinish xonasida yuzaga kelgan muammolar haqida gapirib berdi.
🎤 Sami Xedira:
Iker "Real Madrid" afsonasi edi va muxlislar uni juda yaxshi ko'rishardi. Mourinyu uni zaxira o'rindig'ida qoldirardi, u bilan gaplashmasdi va hatto matbuotda uni tanqid qilardi.
Shundan so'ng Jozening ko'plab ispaniyalik futbolchilar va Krishtianu bilan munosabatlari yomonlashdi. Bu o'yinchilar kiyinish xonasidagi muhit uchun juda muhim edi va u butunlay zaharlangan edi.
Sami Xedira Joze Mourinyoning «Real Madrid»dagi faoliyati va kiyinish xonasidagi keskin munosabatlar haqida gapirib berdi.
Sami Xedira «Real Madrid»dagi muhit va Joze Mourinyo haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Iker «Madrid» afsonasi va muxlislarning sevimli futbolchisi edi. Mourinyo esa uni zaxira o'rindig'iga o'tqazib qo'ydi, u bilan gaplashmadi, matbuotda Iker haqida yomon gaplarni aytdi... «Madrid» kiyinish xonasi do'zaxga aylandi!
Bundan keyin Mourinyoning ko'plab futbolchilar, masalan, Ronaldu va ispanlar bilan munosabatlari butunlay uzilib ketdi. Vaholanki, bu futbolchilar kiyinish xonasidagi yaxshi muhitni saqlab turish uchun juda muhim edi.
Joze Mourinyo o'zining yangi hujjatli filmida 2010-yildagi «Real Madrid» jamoasi va Iker Kasilyas bilan bo'lgan munosabatlari haqida gapirdi.
Joze Mourinyo o'zining yangi hujjatli filmida 2010-yildagi «Real Madrid» jamoasi haqida gapirdi:
«Real Madrid» 2010-yilda fantastik tarkibga ega edi, ammo jamoa ruhiy jihatdan juda yomon ahvolda edi.
Kasilyas bilan birinchi suhbatimizda u menga shunday dedi: «Men terma jamoa o'yinchilari uchun dam olish vaqtini ko'paytirmoqchiman».
Ikkinchi marta gaplashganimizda esa u: «Mashg'ulotlarimizni bir soat kechroqqa ko'chirishingizni so'ramoqchiman», dedi. Kasilyas buni Madridda mashg'ulotlar boshlanadigan vaqtda tirbandliklar ko'pligi bilan izohladi.
Uchinchi suhbatimizda Kasilyas: «Biz o'yin oldidan mehmonxonada yotishni istamaymiz. Biz o'yin kuni yig'ilib, to'g'ridan-to'g'ri stadionga borishni afzal ko'ramiz», dedi.
Shu bois, o'sha vaqtda «Real» futbolchilari erkalatib yuborilganini tushunishim uchun ko'p vaqt kerak bo'lmadi.