Joze Mourinyo: «Real Madrid» futbolchilari o'sha vaqtda erkalatib yuborilgandi»
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 9

Joze Mourinyo: «Real Madrid» futbolchilari o'sha vaqtda erkalatib yuborilgandi»

Joze Mourinyo o'zining yangi hujjatli filmida 2010-yildagi «Real Madrid» jamoasi haqida gapirdi:

«Real Madrid» 2010-yilda fantastik tarkibga ega edi, ammo jamoa ruhiy jihatdan juda yomon ahvolda edi.
Kasilyas bilan birinchi suhbatimizda u menga shunday dedi: «Men terma jamoa o'yinchilari uchun dam olish vaqtini ko'paytirmoqchiman».
Ikkinchi marta gaplashganimizda esa u: «Mashg'ulotlarimizni bir soat kechroqqa ko'chirishingizni so'ramoqchiman», dedi. Kasilyas buni Madridda mashg'ulotlar boshlanadigan vaqtda tirbandliklar ko'pligi bilan izohladi.
Uchinchi suhbatimizda Kasilyas: «Biz o'yin oldidan mehmonxonada yotishni istamaymiz. Biz o'yin kuni yig'ilib, to'g'ridan-to'g'ri stadionga borishni afzal ko'ramiz», dedi.
Shu bois, o'sha vaqtda «Real» futbolchilari erkalatib yuborilganini tushunishim uchun ko'p vaqt kerak bo'lmadi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!