Iker Kasilyas: Mourinyu «Real» kiyim almashtirish xonasida «sotqin» qidirib, aqldan ozgan edi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 8

Iker Kasilyas: Mourinyu «Real» kiyim almashtirish xonasida «sotqin» qidirib, aqldan ozgan edi

Jozé Mourinyuning yangi hujjatli filmidan parchalar

Iker Kasilyas: «Mourinyu «Real» kiyim almashtirish xonasida «sotqin» qidirishni boshlaganida butunlay aqldan ozgan edi. O'shanda Jozé xonamizga bostirib kirib, bizni haqorat qildi va og'ziga kelganini gapirdi. Mourinyu yuz berayotgan barcha narsada aynan biz aybdor ekanimizni aytdi. U shisha uloqtirdimi yoki kabineti eshigini qarsillatib yopdimi, eslay olmayman... Kim ma'lumotni «sotib» yuribdi?! Albatta, «sotqin». Xo'sh, u kim?! Unda o'zing top [Mourinyuga murojaat qilib]»
Marselo: «Mourinyu juda g'azablangan edi. U bizga eng yaxshi tarzda g'alaba qozonishimizga yordam berish uchun juda ko'p ishladi. Oxir-oqibat esa, matbuotga faqat biz biladigan ma'lumotlar «sizib» chiqdi... Biz hali ham o'sha ma'lumotlarni matbuotga yetkazib bergan «sotqin» kimligini bilishni istaymiz»
Rikardu Karvalyu: «Real Madrid» — juda buyuk klub... Kiyim almashtirish xonamizdagi har qanday mayda gap ertasi kuni gazetalarda katta shov-shuvga aylanardi. Mourinyu hamma narsani nazorat qilishni yaxshi ko'radi, ammo buni amalga oshirish unga qiyin edi»
Faria (Mourinyuning «Real»dagi sobiq yordamchisi): «Biz kim «sotqin» ekanini bilardik. Bunga deyarli amin edik, chunki savollarning javoblari gazetalarda chiqardi. Buni isbotlay olmasak ham, hammasi qanday ishlashiga deyarli ishonganmiz»
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!