💭⚽️ "Bavariya" afsonasi Zepp Mayer Manuel Noyer haqida:
"Ma'nuelning faoliyati aqlbovar qilmas darajada. U darvozabonlik san'atida inqilob qildi. Ammo qaysidir pallada tana avvalgidek kurashishga qurbi yetmay qoladi. Hatto Ma'nuel Noyer ham bu jarayonni to'xtata olmaydi.
Darvozabon doimo o'ynashni xohlaydi, ayniqsa Ma'nueldek futbolchi. Uning raqobatbardoshlik ruhi juda kuchli. Ammo oddiy yurishning o'zida og'riq seza boshlasangiz, demak, boshqa narsalar haqida o'ylash vaqti kelgan. Tanani abadiy imkoniyatlaridan tashqari ishlashga majburlab bo'lmaydi. Qaysidir nuqtada u sizga: yetar, deydi.
Ma'nuel endi hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas. U yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. Ammo qarorni faqat o'zi qabul qilishi kerak. Boshqa hech kim uning o'rniga buni hal qila olmaydi.
Men unga shunday degan bo'lardim: "Faoliyatingni yakunla, Ma'nu". Sen futbolga juda ko'p narsa berding, hammasini yutding va endi hech kimga hech narsani isbotlashing shart emas".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!