🎙| Marko Roze bugungi matbuot anjumanida...
...uzoq tanaffus haqida:
Men bu vaqtdan imkon qadar unumli foydalanishga harakat qildim. O'ylaymanki, vaziyatni xotirjam tahlil qilishimiz uchun bu ikki hafta bizga juda qo'l keldi. Vaziyatga boshqa tomondan qarash imkoniyati har doim muhim. Masalan, o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun menda futbolchilar yetarli emasdi. Shunga qaramay, biz ajoyib ishladik. Shu yerda qolgan futbolchilar qattiq shug'ullanishdi. Men shaxsan, albatta, birinchi navbatda vaziyatni tahlil qilib chiqdim. Chunki mening fikrimcha, to'p nazorati borasida ko'p narsani to'g'ri bajaryapmiz, ammo to'psiz harakat qilganda ko'p jihatlarni yaxshilashimiz kerak. O'ylaymanki, Leverkuzendagi birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, ammo keyin bir-ikki vaziyatda noto'g'ri himoyalandik va hisobda ortda qolib ketdik. Shu bois video tahlil bo'limi bilan yaxshi tahlil qildik, chorshanba kuni butun guruh bilan aniq urg'ularga ega bo'lgan yaxshi tahlil o'tkazdik. Va o'ylaymanki, yigitlar oxirgi uch kun davomida a'lo darajada shug'ullanishdi, shuning uchun kayfiyatimiz allaqachon yaxshi. Endi faqat «Ayntraxt» kabi yaxshi jamoaga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatib, uch ochkoni qo'lga kiritish qoldi.
...og'ir taqvim haqida:
Rahbariyatimizning maqsadlari bor, ular biz g'alaba qozonganimizda xursand bo'lishadi. Va aniqki, ular tarkibimizdan ko'proq narsani kutishmoqda. Xuddi men kabi, har bir futbolchi va har bir xodim kabi. Shuning uchun shu lahzadan boshlab biz faqat «Ayntraxt» haqida o'ylashimiz kerak, keyin esa har hafta, har bir vaziyatda, har bir o'yinda – shunchaki o'ylashimiz kerak. Ammo ha, men bu bosimni juda kutyapman, chunki oxir-oqibat bu adrenalin, futboldagi eng yaxshi tuyg'u – g'alaba qozonish va katta maqsadlarga erishish uchun bosim ostida o'ynash. Shuning uchun men juda xursandman.
...Finkgref haqida:
Maks kam vaqt oldi, lekin men undan mamnunman. U har doim jangovar kayfiyatda, maydonda juda ijobiy, har kuni borini beradi va u yaxshi mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazdi. Keyin, turli kadrlar muammolari tufayli biz turli o'zgarishlar qildik. Ayni damda asosiy tarkibda David o'ynamoqda. Ammo Maks bizga baribir kerak. Takrorlayman, bizga har bir pozitsiyada har bir futbolchi kerak. Biz doimo o'zaro muloqotdamiz. Shuning uchun u o'z o'yinini yoki daqiqalarini oladi, shunchaki tayyor bo'lish va kurashishda davom etish kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!