🎙| Micho bugungi matbuot anjumanida...
…terma jamoalar tanaffusi haqida:
Yakshanba kuni bizda dam olish kuni rejalashtirilgan. Payshanba kuni esa o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni mo'ljallayapmiz. O'tgan terma jamoalar tanaffusi bilan solishtirganda, bizda ixtiyorimizda ko'proq futbolchilar bor va jarohat olganlar soni kamroq. O'tgan safar biz xavfga qo'l urmagan edik. Hozir vaziyat boshqacha ko'rinish olgan. Ko'plab o'yinchilarga o'yin amaliyoti kerak. Bu safar tanaffus qisqaroq, men shu yerda qolaman. Ishlar ko'p. Ammo hammamizga dam olish zarar qilmaydi.
…turnir jadvalidagi vaziyat haqida:
Biz diqqatimizni jamlab, Bundesligaga e'tibor qaratishimiz kerak. Ertaga g'alaba qozonib, birinchi o'rindan maksimal uch ochko farq bilan qolishni istaymiz. Jamoaning kayfiyati yaxshi. Ishonchim komilki, charchoqqa qaramay, biz o'z maksimal imkoniyatimizni ko'rsatamiz.
…Villi o'zining 400-o'yinini o'tkazishi haqida:
Villi butun jamoa uchun juda ko'p ish qiladi. Nihoyatda professional futbolchi: tiklanish bo'ladimi, ovqatlanish yoki kuch mashqlari bo'ladimi. So'nggi yillarda u doimo raqobatga duch kelgan, ammo har doim uni yutib chiqqan. Bu tasodif emas. Yosh o'yinchilar undan ko'p narsani o'rganishlari mumkin. Men u uchun juda xursandman. U bilan ishlash – men uchun sharaf. U doimo yaxshi kayfiyatda va har doim o'ynashga tayyor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!