Demichelis:
35-soniyada o'tkazib yuborilgan goldan so'ng jamoa xotirjamlikni yo'qotmadi, aksincha, bizning futbol falsafamizga mos ravishda yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildi. Birinchi bo'limda buni uddaladik. Ikkinchi bo'limda 60-daqiqagacha unchalik yaxshi o'ynamadik, keyin esa Antonio Nusa va Baumini maydonga tushirdik, ular darhol o'zlarining ilk harakatlari bilan to'rtinchi golni urishdi. Futbolda doimo tuzatish kerak bo'lgan 1000 ta narsa bor, lekin terma jamoalar o'yinlari uchun bo'lgan o'tgan tanaffusga nisbatan biz to'g'ri yo'ldamiz.
Gruda:
Bular juda qiyin haftalar bo'ldi, lekin hammasi ko'ngildagidek yakunlanganidan mamnunmiz. Rivojlanish juda yaxshi, bizda ajoyib jamoa bor. Qachonki bizda xohish bo'lsa va 100 foiz kuchimizni bersak, mahoratimiz evaziga hujumda ko'p narsaga erisha olamiz. Jamoada kayfiyat a'lo darajada.
👑 Villi:
Bugun ajoyib kun: uy uchrashuvidagi g'alaba, klubdan tabriklar va o'yinimning e'tirof etilishi. 400 ta o'yin – men bundan faxrlanaman. Ammo men buni xatoyim uchun bahona qilmoqchi emasman. «RB» safidagi 400 ta o'yinim davomida hali hech qachon bugungidek yomon boshlamagan edim. Balki, shunday bo'lishi kerak bo'lgandir. Yaxshiyamki, biz tezda o'z o'yinimizga qaytdik, aynan foydalanmoqchi bo'lgan zonalarimizni topdik, ko'plab vaziyatlar yaratdik va ularning aksariyatidan unumli foydalandik.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!