Adriano Galliani Italiya futbol federatsiyasi prezidentligi uchun kurashadi!
«Milan»ning sobiq bosh direktori Adriano Galliani FIGC prezidenti lavozimi uchun kurashga rasman kirishdi! 🔴⚫
🤝 Italiya futbolchilari (AIC) va murabbiylari (AIAC) assotsiatsiyalari uning nomzodini ilgari surish uchun zarur bo'lgan imzolarni to'pladilar.
Gallianining asosiy raqibi Jovanni Malago bo'ladi. Saylovlar 14-dekabr kuni bo'lib o'tadi.
📊 Qizig'i shundaki, Seriya D 34% ovozga ega — bu saylovdagi boshqa har qanday ishtirokchidan ko'proq. Shu sababli, aynan havaskor futbol vakillari hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Galliani avvalroq Italiya futbol ligasini boshqargan va Seriya A hamda Seriya Bda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
⚽ «Milan»ning sobiq rahbarini butun Italiya futboli tepasida ko'rishni istarmidingiz? 👇
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!