Adrien Rabio ajoyib mavsum o'tkazmoqda: 13 ta o'yinda 5 ta gol va 5 ta assist!
«Milan» rahbariyati esa fransiyalik futbolchini uzoq muddatga olib qolmoqchi. Corriere dello Sport xabariga ko'ra, klub 2030-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnomani tayyorladi. Unda maoshni 3,5 million yevrodan 5 million yevroga oshirish va bonuslar ko'zda tutilgan.
Rabioning o'zi avgust oyidayoq ketish niyati yo'qligini bildirgan edi:
«Men hech qachon «Milandan» ketish haqida o'ylamaganman. Chempionlar ligasiga chiqa olmaganimizdan so'ng jamoani tark etish menga yoqmasdi. Murabbiy loyiha uchun muhimligimni darhol tushuntirgan».
Endi navbat futbolchining o'zi va uning agenti bo'lgan onasi Veronikaga.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!