❌ Golovin Rossiyaga yaqin orada qaytmaydi.
🎙 Aleksandr Golovinning agenti Aleksandr Klyuyev «RB Sport»ga bergan intervyusida futbolchining «Monako»da yana bir mavsum qolishi mumkinligiga ishora qildi.
– Yozda Golovin RPLga qaytishi mumkinligi haqida ko'plab mish-mishlar tarqalgandi. Qishda shunday holatni kutish kerakmi?
– Gap-so'zlar doim bo'lgan, bor va bo'ladi, biz odamlarga gapirishni taqiqlay olmaymiz. Mish-mishlar paydo bo'lishi mumkin, bu normal holat. Sasha rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifalarni bajarishda jamoaga yordam berishga harakat qilmoqda, u boshqa narsa haqida o'ylayotgani yo'q.
– U qishda «Monako»dan ketishini istisno qilmaydimi?
– Sasha bu haqda o'ylayotgani ham yo'q, hozir eng asosiy fikrlar — maqsadlarga erishishda jamoaga yordam berish.
– Siz qishda Golovin bo'yicha Rossiyadan takliflar kutasizmi?
– Bu savolga izohsiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!