Aleksey Batrakov 2031-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma asosida "Galatasaroy" futbolchisiga aylanadi. Futbolchining yillik maoshi bonuslar bilan birga 4 million yevrodan oshadi, Yevropa klublari uchun belgilangan tovon puli esa 55 million yevroni tashkil etadi.
Karp xabariga ko'ra, 20-avgust kuni Turkiya klubi prezidenti O'zbekning shaxsiy samolyoti Leshani Moskvadan soat 08:00 da olib ketadi va Istanbulga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yetkazadi. "Sherlar" futbolchini Erzurumsporga qarshi safar o'yiniga ro'yxatdan o'tkazishga ulgurish uchun tekshiruvni bir kunda yakunlamoqchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!