Alessandro Costacurta: «Milanga haqiqiy yetakchilar kerak»
MilanAC ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Alessandro Costacurta: «Milanga haqiqiy yetakchilar kerak»

«Ferensvarosh»dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyat «rossoneri»dagi nafaqat o'yin bilan bog'liq muammolarni, balki maydonda yetakchilar yetishmasligini ham ko'rsatib qo'ydi.

Sardorlik bog'ichi Adrien Rabio'ga topshirildi, biroq na u va na boshqa tajribali futbolchilar jamoani uyg'ota olishdi. «Milan» raqib kamchilik bo'lib qolganidan keyin ham o'zini o'nglab olmadi.

«Rossoneri»ning sobiq himoyachisi Billi Kostakurta Sky Sport efirida yetakchilar intizom va mehnatsevarlik tamoyillari atrofida birlashishlari kerakligini ta'kidladi.

💬 «Besh-olti nafar yaqqol yetakchilardan iborat guruh kiyinish xonasidagi kuchlar muvozanatini o'zgartirishi mumkin. Agar sening to'g'ri mehnatsevarlikka ega yetakchilaring bo'lsa, jamoaning butun yo'li ancha yoqimliroq bo'lishi mumkin».

Kostakurtaning fikricha, kiyinish xonasida odatda uchta guruh bo'ladi: daxlsiz o'yinchilar, o'z o'rniga ishonchi komil bo'lmaganlar va o'yin vaqti olmayotganlar. Qiyin pallalarda ular o'rtasida muammolar kelib chiqishi mumkin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!