Viktor Lopes va boshqa manbalar xabariga ko'ra, «Selta» Andre Almeyda transferi bo'yicha kelishuvni yakunlamoqda. Transfer amalga oshishi uchun Matias Vesino ketgach bo'shagan mablag' yetarli bo'ladi. Portugaliyalik futbolchi «Selta»ga 3 million yevro va kelgusidagi sotuvdan foiz evaziga o'tadi. Mazkur transfer shanba kuni «Mestalya»da bo'lib o'tadigan o'yindan oldin amalga oshmaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, Almeyda Vesinoga qaraganda ko'proq hujumkor funksiyalarni bajaradigan o'yinchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!