Antuan Arno X ijtimoiy tarmog'ida Per Ferrachi haqida shunday yozdi:
Pyer Ferrachi biroz vaqt oldin menga 20 yillik sadoqat va ishtiyoqdan so'ng Parij FK rahbariyatidagi estafetani topshirish istagi borligini ma'lum qildi.
CFA'dan Liga 1'gacha Pyer ushbu klub bilan birga barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirdi, uni aql bovar qilmas darajada rivojlantirdi va barcha darajalarda katta kuch sarfladi.
Parij FK unga juda ko'p narsalar bilan qarzdor. Albatta, erkaklar jamoamizning Liga 1'ga tarixiy chiqishi, shuningdek, ayollar jamoamizning Fransiya Kubogidagi g'alabasi bilan yakunlangan ajoyib rivojlanishi. Bu muvaffaqiyatlar uning barcha yillar davomidagi qat'iyati va sadoqati mevasi.
Men sening estafetangni qabul qilib olayotganimdan juda xursandman va faxrlanaman, Pyer. Garchi sen hech qachon uzoqlashmasang ham, biz bilan faxriy prezident sifatida qolasan.
Yakshanba kuni Jan-Buen stadionida barchamiz o'yinchilarimizni qo'llab-quvvatlash va senga birgalikda shunchaki: "Rahmat, Pyer!" deyish uchun u yerda bo'lamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!