Auna xabariga ko'ra, «Marsel» «Jirona»ga qanot himoyachisi Arnau Martines uchun 2 million yevro va kelgusidagi sotuvdan 20 foiz ulush taklif qilgan. «Jirona» ushbu taklifni rad etdi.
Katta ehtimol bilan, futbolchi «Valensiya»ga o'tishi mumkin.
Qizig'i shundaki, uning shartnomasida 8 million yevrolik tovon puli ko'rsatilgan, ammo amaldagi kelishuv yakunlanishiga atigi 1 yil qolgan. «Jirona» bu summani ham ololmasligini tushunib turibdi. Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, «Valensiya»ning so'nggi taklifi 4 million yevroni tashkil etgan, biroq kataloniyaliklar hozircha savdolashishda davom etmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!