📰 XFD (AS direktori): "Ayni damda Olise uchun eng katta qiziqishni "PSJ" bildirmoqda. Parijliklar vinger uchun kurashda "Real Madrid"dan yaqqol oldinda. Qolaversa, hozirda "qaymoqranglilar" uning transferi imkoniyatini ko'rib chiqmayapti.
Olise kelajagi keyingi yozgi transfer oynasining asosiy mavzusiga aylanadimi? Yo'q, menimcha, Xolandning kelajagi haqidagi gap-so'zlar ko'proq bo'ladi. Shubhasiz, ko'p narsa "Manchester Siti"ga moliyaviy fair-play qoidalarini buzgani uchun sanksiyalar qo'llanilishiga bog'liq bo'ladi.
26 yoshli hujumchi o'z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgan deb o'ylamayman. Biroq, Xolandga yaqin bo'lgan shaxs menga uning shartnomasida klubga sanksiyalar qo'llanilgan taqdirda "Manchester Siti"ni tark etish imkonini beruvchi tovon puli yoki shartnomani bekor qilish bandi borligini aytdi.
Bizni norvegiyalik futbolchi uchun "Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi kurash kutib turibdi va voqealar aynan shu ssenariy bo'yicha rivojlanishidan dalolat beruvchi belgilar ko'p"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!