AS nashrining «Real Madrid» — «Inter» o'yini haqidagi sharhi:
«Sifatli o'yin ko'rsatgan «Inter» «Real»ga qarshi bahsda o'z joniga qasd qilmoqda. Kurtuaning qahramonona o'yini. «Real» o'yin nazoratdan chiqib ketgan pallada «neradzurrilar»ni ayamadi. Shamol har ikki tomonga ham shiddat bilan esdi va «Bernabeu»da o'yinni mutlaqo oldindan aytib bo'lmaydigan holatga keltirdi. Stadiondagi muxlislar natijani nishonlashni yoki o'z jamoasi qoldirgan tushkun taassurot tufayli xavotirga tushishni bilmay qolishgandi: bir tomondan, jamoa raqib bosimiga chidayotgandek ko'rinsa, ikkinchi tomondan, baribir yirik hisobda g'alaba qozonish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega edi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!