AS Roma bosh murabbiyi: «Parma»ga qarshi o'yin haqiqiy qopqon bo'lishi mumkin»
АS ROMA ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 9

AS Roma bosh murabbiyi: «Parma»ga qarshi o'yin haqiqiy qopqon bo'lishi mumkin»

Jilardino boshqaruvidagi «Parma» haqida nima deb o'ylaysiz?

Jila doimo yaxshi ishlagan. Uning jamoalari ixchamligi va tartibli o'yini bilan ajralib turadi. O'ylaymanki, ertaga ham shunday bo'ladi. Ikki tur oldin u Bergamoda 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Men na unga, na «Parma»ga ishonaman. Bunday o'yinlar — haqiqiy qopqon. Qolaversa, tanaffusdan keyin jamoamiz qanday holatda ekanligini to'liq tushunib turibmiz, deb ayta olmayman. Shuning uchun ertangi bahs shu nuqtai nazardan ham juda muhim.

Yanvar oyidagi transfer oynasidan qancha yangi futbolchi kutish kerak? Yozgi transfer oynasi oxirida tarkib yetarli darajada shakllanmagani va jarohatlar vaziyatni og'irlashtirgani aytilgandi…

Hozir 20-noyabr, shuning uchun har qanday baho hozircha kam narsani anglatadi. Barcha klublar bozorga ko'z tikmoqda, ammo hozircha kimdadir aniq kelishuvlar bor deb o'ylamayman. Hozir butun e'tiborim chempionatga qaratilgan. Transferlarga kelsak, men va D'Amiko o'rtasidagi doimiy muloqotlardan tashqari, hali hech qanday rejalashtirish bo'lmagan…

Terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffuslardan keyin sizda bitta g'alaba, uchta mag'lubiyat va bitta durang qayd etilgan. Bu tasodifmi?

Umid qilamanki, shunday (kuladi). Bu qanchalik ko'rsatkichli statistika ekanligini bilmayman… Umuman, bizda shunday tanaffuslar nechta bo'lgan? A, o'tgan mavsumda ham shunday bo'lganmi? Ha, ishlar yomon, vaziyatni biroz tuzatish kerak… (kuladi).

Dibala avvallari to'pga zarba berishdan cho'chirdi. Unga ishonch qaytdimi? Axir u Turindagi o'yindan beri gol urmayapti…

Ha, bu uning qaytishi uchun bosib o'tishi kerak bo'lgan so'nggi bosqich edi. Dibalaning zarbasi doimo uning asosiy fazilatlaridan biri bo'lib kelgan. Bu uning o'yinidagi eng muhim texnik element. Umid qilamizki, u standart vaziyatlar, jumladan jarima zarbalarini ijro etishda ham avvalgi sifatlarini qaytara oladi. Standart vaziyatlardan keyin bizga bir nechta gol yetishmayapti. O'tmishda Dibala bu borada juda muhim rol o'ynagan.

Futbolchilaringizdan qaysi jihatlarda ko'proq narsa talab qilmoqchisiz?

O'ylaymanki, hozir bizda o'tgan mavsum va avvalgi yillarga qaraganda ancha yaxshi tashkil etilgan o'yin va maydondagi harakatlar ancha yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bu muhim. Ammo rivojlanish imkoniyatlari cheksiz. Endi ko'proq detallarga, ko'pincha farqni belgilab beradigan mayda narsalarga e'tibor qaratilmoqda. Aynan detallar gol urish yoki urmaslik, gol o'tkazib yuborish yoki yubormaslikni hal qiladi. Jamoada futbolchilar yaxshi tushunadigan va o'zini bog'laydigan aniq o'yin strukturasi bo'lsa, aynan nuanslar o'yin taqdirini hal qila boshlaydi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!