🚨 AS xabariga ko'ra, «Atletico Madrid» xalqaro tanaffus vaqtida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu orqali jamoa uch haftalik tanaffusdan unumli foydalanib, o'yin ritmini yo'qotmaslikni maqsad qilgan.
O'rtoqlik uchrashuvini tanaffusning ikkinchi haftasida o'tkazish rejalashtirilgan. Bunda jamoa bir necha kunlik mashg'ulotlardan so'ng, La Liga bahslari qayta boshlanishiga bir hafta qolganda maydonga tushadi.
Garchi ko'plab futbolchilar o'z milliy terma jamoalari safiga yo'l olishsa-da, Simeone ushbu o'yin orqali kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqchi.
«Atletico» ayni damda La Ligadan o'ziga o'xshash vaziyatdagi raqib izlamoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!