Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» «Tottenxem»ga Kuti Romeroning transferi bo'yicha ilk taklifini yuborishga tayyorlanmoqda. Madridliklar himoyachi uchun taxminan 30 million yevro taklif qilmoqchi.
«Tottenxem» esa futbolchini 40 million yevroga baholamoqda va «Atletiko»da ushbu kelishuv amalga oshishi mumkinligiga ishonch yuqori.
Bir nechta futbolchining jamoadan ketishi ustida ishlayotgan Mateu Alemani markaziy himoyachini tarkibga qo'shib olish rejasini ishlab chiqqan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!