💰 De Laurentiis «Napoli»ni 2,2 mlrd yevroga sotishdan bosh tortdi!
Neapolliklar prezidenti italo-amerikalik tadbirkor Mett Ritsetta tomonidan taklif olganini ma'lum qildi. U amerikalik investitsiya fondlari vakili hisoblanadi. Summaning bir qismini darhol, qolganini esa uch yil davomida to'lash taklif qilingan.
Ammo bitimdan so'ng De Laurentiis klubni boshqarish imkoniyatidan mahrum bo'lardi. Shu sababli u rad javobini berib, Neapol va uning muxlislari oldida mas'uliyatni his qilishini ta'kidladi.
🏟️ Qolaversa, agar bir kun kelib u «Napoli»ni sotishga qaror qilsa, AQShdan emas, balki aynan shu shahardan bo'lgan xaridorni afzal ko'rishini aytdi.
Sizningcha, De Laurentiis bunday katta summadan voz kechib, to'g'ri ish qildimi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!