Aurelio De Laurentiis: "Napoli sotilmaydi!"
Forza Napoli ↗ ●●●●● Matbuot 👁 32

Aurelio De Laurentiis: "Napoli sotilmaydi!"

Aurelio De Laurentiis: "Napoli sotilmaydi!"

Radio KissKiss efirida klub egasi barcha savollarga nuqta qo'ydi:

Napoli sotilmaydi. Men arablarning klubni 3,5 milliard yevroga sotib olish taklifini rad etdim. Ko'plab qiyinchiliklarga duch kelsam-da, futbol o'ynashni bilaman deb hisoblayman.

Rizzetta haqida nima deyish mumkin? Taxminan bir yil oldin men ushbu tadbirkordan uchrashuv taklifini olgandim. Odob yuzasidan rozi bo'ldim. U meni o'zi taqdim etgan va Napoli'ni sotib olmoqchi bo'lgan bir juft fond bilan tanishtirdi.

Sizga biroz parda ortidagi voqeani aytib beraymi? Taxminan bir yil oldin bizning yuristlar tadbirkor boshchiligidagi fondlar yuristlari bilan uchrashishdi. Ammo ularning kompleks auditi hali boshlanmagan ham edi. Ular va'da qilingan 2,26 million yevroni bo'lib-bo'lib to'lamoqchi bo'lishdi. Mening rolim esa asta-sekin qisqarib borib, oxirida shunchaki faxriy prezidentga aylanib qolardim. Ammo men shahar va muxlislar oldida javobgorman; men kafolatlar taqdim etishim kerak, ayniqsa ularga.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!