Aurelio De Laurentis va ultraslar o'rtasidagi ziddiyat kuchaymoqda
СУПЕРТИФО ↗ ●●●●● Umumiy 👁 14

Aurelio De Laurentis va ultraslar o'rtasidagi ziddiyat kuchaymoqda

Aurelio De Laurentis yana bir bor stadionlardagi ultraslarga qarshi ochiqchasiga chiqish qildi.

Rimda "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentisga sport faoliyatidagi hissasi uchun mukofot topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimdan so'ng De Laurentis matbuot anjumanida so'zga chiqib, barcha ultraslarning jinoiy olam bilan aloqasi borligini ta'kidlab, shov-shuvli bayonot berdi:

Nima uchun ultraslarga qarshiman? Futbol ehtiros bo'lishi va odamlarni birlashtirishi kerak, u bolalar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ultraslarning mafiyaviy ildizlarga ega bo'lishiga, 'Ndrangeta va Kamorra bilan bog'liq bo'lishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Vaziyatni kvestorlar, prefektlar va ichki ishlar vazirlari jiddiy nazoratga olmaguncha bu davom etadi. Yarim yil oldin "Inter" bilan nima bo'lganini ko'rdingizmi? Barchangiz ko'rdingiz, to'g'rimi?

"Adzurri" ultraslari uning so'nggi bayonotlari va ishlariga javoban prezidentni klubdan va Neapoldan ketishini talab qilib, shahar ko'chalarida unga qarshi yozilgan quyidagi haqoratomuz so'zlarni eslatib o'tishdi:

ADL:
Masxaraboz
Iflos rimlik (Rimda tug'ilgan)
Katta firibgar
Ta'minotchi
Neapoldan yo'qol
Ket
Pachoqyo's

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!