«Baltika» himoyachisi Gassama Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin. «Bolonya» bosh skauti Janmario Spekkya «Spartak»ga qarshi o'yinni kuzatish uchun Kaliningradga tashrif buyurgan edi. Uning tashrifi Le Tallek tomonidan tashkillashtirilgan.
«Bolonya» 25 yoshli himoyachi transferiga qiziqish bildirmoqda. «Baltika» futbolchini bonuslar bilan birga 4 million yevroga baholamoqda. Shuningdek, fransiyalik futbolchi xizmatiga «Torino» va «PAOK» ham qiziqish bildirmoqda. «Srvena Zvezda» ham dastlabki bosqichda futbolchini kuzatgan, biroq hozircha muzokaralar to'xtatilgan.
Karp xabariga ko'ra, «Baltika» o'z futbolchilarini Yevropaning kuchli chempionatlariga sotishda davom etmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!